Сайтнинг эски версияси

Ўтиш
Be loved. Be smart

19 "Detoks-effekt" koʻmirli niqobi

Barcha turdagi teri uchun

Bambuk suvi asosidagi "Detoks-effekt" koʻmirli niqobi bilan bor yoʻgʻi 5 daqiqa ichida teri xuddi uyqudan keyin boʻlganidek yorqinlik va soflikka ega boʻladi. Yogʻoch koʻmiri teridan kir va toksinlarni chiqarib yuboradi, teridagi ortiqcha yogʻni yutadi, yogʻ ajralishini nazorat qiladi va postakne hosil boʻlishining oldini oladi. Oq tol poʻstlogʻi ekstrakti antiseptik va yalligʻlanishga qarshi ta’sir koʻrsatadi. Hind krijovnigi elstrakti terining qarishiga olib keladigan erkin radikallarga qarshi kurashadi. Mango urugʻi moyi teridagi achishishni bartaraf qiladi, terini oziqlantiradi, tumshatadi. Romashka tinchlantiradi va tonusni oshiradi.

Haftada 1-2 marta teri turiga qarab qoʻllash tavsiya etiladi

Niqob barcha turdagi, shu jumladan, ta’sirchan teri uchun ham mos keladi

50 ml

Rossiyada ishlab chiqarilgan

0 % parabenlar, mineral moylar

890

Niqob terini chuqur tozalaydi, toksinlarni chiqarib tashlaydi, poralarni toraytiradi, qora dogʻlarni yoʻq qiladi, yogʻli yaltirashni nazorat qiladi, qizarish va achishishni kamaytiradi, hujayralarni energiya bilan toʻldiradi va terining relyefini tekislab, jilosiz va sogʻlom qiladi. 

Bambuk suvi koʻp miqdordakremniy tutishi hisobiga teri turgorligining yosh bilan bogʻliq kamayishiga qarshi ta’sir qiladi, kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishini tiklaydi, natijada teri yanada taranglik va elastiklikka ega boʻladi. 

Yoʻgʻoch koʻmiri ortiqcha yogʻlarni yoʻqotadi, tozalaydi, suv-yogʻ balansini normallashtiradi, teshikchalarni toraytiradi, yalligʻlanishni oldini oladi, terining relyefini tekislaydi.

Kaolin quritadi, teshikchalarni toraytiradi, yogʻ bezlari ishlashini nazorat qiladi. Oʻrtacha darajada yogʻ ishlab chiqarilishi teshikchalarni tiqilib qolishdan saqlaydi va qora dogʻlar asta-sekin tozalanadi. Yalligʻlanishga qarshi va antiseptik ta’sirga ega, muammoli terini davolashga yordam beradi, qon aylanishini tezlashtiradi, terining rangini bir xillashtiradi.

Mango urugʻi moyi mukammal namlantiradi, buning natijasida teri elastik, mayin va yumshoq boʻladi. Moddalar tarkibidagi sovunlanmaydigan fraksiyaning tarkibi regenerativ va tiklovchi ta’sirlarni ta’minaydi: moy yorilgan terini mukammal davolaydi, teri koʻchishini ketkazadi. Kichik chandiq va izlarning yoʻqolishiga yordam beradi, ajinlar paydo boʻlishining oldini oladi.

Oq tol poʻstlogʻi ekstrakti — salitsil kislotaning tabiiy manbai. Yalligʻlanish, mikroblarga qarshi va yogʻ ajralishini tartibga soluvchi xususiyatlarga ega, hujayralar regeneratsiyasini ragʻbatlantiradi.

Hind krijovnigi rezavori ekstrakti tanin va boshqa polifenol, flavonoidlar va C vitaminiga boy. Bu oksidlanish kaskadida ishtirok etadigan, shuningdek qarish belgilari bilan kurashadigan kuchli erkin antioksidant. Sepkil va pigment dogʻlariga qarshi xavfsiz va samarali terini oqartirish vositasi sifatida ishlatiladi. Mikrob, zamburugʻ, yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega.

0 % parabenlar, mineral moylar

Faol moddalar: bambuk suvi, koʻmir kukuni, kaolin (oq gil), mango urugʻi yogʻi, ekstraktlar: suli, shakarqamish, romashka, hind krijovnigi, oq tol poʻstlogʻi, bugʻdoy urugʻi oqsili.

Tarkibi: BAMBUSA (BAMBOO) WATER (AQUA* (AND) PROPYLENE GLYCOL (AND) BAMBUSA ARUNDINACEA LEAF EXTRACT* (AND) POTASSIUM SORBATE (AND) SODIUM BENZOATE), CHARCOAL POWDER*, KAOLIN*,  MANGIFERA INDICA (MANGO) SEED OIL*, DECYL GLUCOSIDE*, GLYCERIN*, HECTORITE* (AND) HYDROXYETHYLCELLULOSE*, AVENA SATIVA (OAT) SEED EXTRACT*, EMBLICA OFFICINALIS FRUIT EXTRACT*, SALIX ALBA BARK EXTRACT*, BUTYLENE GLYCOL (AND) PERILLA OCYMOIDES (SHISO) SEED EXTRACT*, QUILLAJA SAPONARIA BARK EXTRACT*, SACCHARUM OFFICINARUM EXTRACT*, CHAMOMILLA RECUTITA FLOWER EXTRACT*, HYDROLYZED WHEAT PROTEIN*, PHENOXYETHANOL (AND) ETHYLHEXYLGLYCERIN, XANTHAN GUM*, FRAGRANCE, LINALOOL, HEXYL CINNAMAL, ALPHA-ISOMETHYL IONONE, COUMARIN.

* Kelib chiqishi tabiiy komponentlar.

Namlangan, oldindan tozalangan teriga qoʻllang, koʻz atrofidagi sohalar bundan mustasno. Yengil aylana harakatlar bilan uqalang. Kerak boʻlgan hollarda 3-5 daqiqa qoldiring, keyin iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

 

Махсулот хақида изохлар 19 "Detoks-effekt" koʻmirli niqobi

Сизнинг жойлашувингиз