Сайтнинг эски версияси

Ўтиш
Be loved. Be smart

20 Namlovchi splesh-niqob

Har qanday turdagi teri uchun

Bambuk suviga asoslangan quruq va suvsizlangan teri uchun ekspress namlantiruvchi va yorqinlik beruvchi niqob. Niqobdagi kollagen epidermisning barcha qatlamlarida terini namlik bilan toʻldiradi, uni uzoq vaqt saqlaydi. Arginin qon aylanishini yaxshilaydi va kichik jarohatlarni bartaraf qiladi, terini tiklaydi. Pantenol qayta tiklovchi va yumshatuvchi ta’sir koʻrsatadi. Shoʻr suv dunaliellasi - pushti goʻzallik suvoʻti - terini salbiy ekologik omillardan himoya qiluvchi kuchli antioksidant.

Niqob terining har qanday turi uchun mos keladi

50 ml

Rossiyada ishlab chiqarilgan

0 % parabenlar, mineral moylar

890

Niqob terini intensiv ravishda namlaydi, oziqlantiradi, tonusini oshiradi, uni tarang va elastik qiladi. Qarishning birinchi belgilari bilan kurashadi, mikrorelyefni tekislaydi va yuz rangini yaxshilaydi.

Bambuk suvi koʻp miqdordakremniy tutishi hisobiga teri turgorligining yosh bilan bogʻliq kamayishiga qarshi ta’sir qiladi, kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishini tiklaydi, natijada teri yanada taranglik va elastiklikka ega boʻladi. 

Shoʻr suv dunaliellasi - pushti goʻzallik suvoʻti β-karotinning tabiiy manbai - terining qarishini oldini oluvchi kuchli antioksidant.

Kollagen organizmning oʻz kollageni yoʻqotilishini qoplaydi va uning sintezini ragʻbatlantiradi. Bu terining hujayralar darajasida tiklanishi va yangilanishiga yordam beradi, uni mustahkam, elastik qiladi, ajinlarni yumshatishga yordam beradi va lifting-ta’sir koʻrsatadi.

Sut kislotasi terini namlaydi, tekislaydi, teshikchalarni tozalaydi va toraytiradi, yoshartiradi, oqartiradi, antibakterial va yalligʻlanishga qarshi ta’sir koʻrsatadi.

Arginin - bu qon aylanishiga va terining himoya funktsiyasiga ta’sir qiluvchi aminokislotadir. Epidermisning chuqur qatlamlariga kirib, terini oqsilning parchalanish mahsulotlardan tozalaydi va shu bilan terining koʻrinishini yaxshilaydi. Qayta tiklaydi, kichik shikastlanishlarni bartaraf qiladi, ajinlar bilan kurashadi, ularni tekislaydi. Pigmentatsiyani bartaraf qiladi, kuyishni tez bitishiga ta’sir qiladi.

0 % parabenlar, mineral moylar

Faol moddalar: bambuk suvi, shoʻr suv dunaliellasi - pushti goʻzallik suvoʻti, sut kislotasi, arginin, kollagen, irlandiya moxi, E vitamini, pantenol.

Tarkibi: BAMBUSA (BAMBOO) WATER (AQUA* (AND) PROPYLENE GLYCOL (AND) BAMBUSA ARUNDINACEA LEAF EXTRACT* (AND) POTASSIUM SORBATE (AND) SODIUM BENZOATE), AQUA*, LACTIC ACID* (AND) ARGININE*, BUTYLENE GLYCOL, HONEY EXTRACT*, GLYCERIN*, UREA*, DUNALIELLA SALINA EXTRACT*, PHENOXYETHANOL, SODIUM BENZOATE, POTASSIUM SORBATE, CHONDRUS CRISPUS (CARRAGEENAN) EXTRACT*, HYDROLYZED COLLAGEN*, CHITOSAN*, ETHYLHEXYLGLYCERIN, DECETH-7, PEG-40 HYDROGENATED CASTOR OIL*, PPG-26-BUTETH-26, POLYACRYLATE CROSSPOLYMER-6, SODIUM HYDROXIDE, TOCOPHEROL*, PANTHENOL, FRAGRANCE, XANTHAN GUM*, BENZYL SALICYLATE, LINALOOL, CI 42090.

*Kelib chiqishi tabiiy komponentlar.

Quruq, oldindan tozalangan teriga qoʻllang, koʻz atrofidagi sohalar bundan mustasno. 10-15 daqiqadan keyin niqob qoldigʻini iliq suv bilan yuvib tashlang.

Махсулот хақида изохлар 20 Namlovchi splesh-niqob

Сизнинг жойлашувингиз