Сайтнинг эски версияси

Ўтиш
Be loved. Be smart

Yangilovchi gel-niqob

Barcha turdagi teri uchun

Bambuk suvi asosida tayyorlangan niqob - bu teringizni tartibga keltirishning ajoyib usuli va bir necha daqiqada unga yangi, tetik koʻrinish beradi. Bambuk suvi va aloe ekstrakti hujayralarni namlik bilan toʻyintiradi. Mavrak tinchlantiradi va tonusni oshiradi. Bugʻdoy urugʻi ekstrakti terini oziqlantiradi va mustahkamlaydi.

Har qanday yosh va turdagi teri uchun mos keladi

50 ml

Rossiyada ishlab chiqarilgan

0 % parabenlar, mineral moylar

890

Niqob bir zumda yuzni tinchlantiradi va tetiklantiradi, tonusni oshiradi, terini kislorod va foydali mikroelementlar bilan toʻyintiradi, shuningdek namlanishni optimal darajasini saqlaydi. Ekologik zararli omillardan himoya qiladi, yumshatadi, kollagen ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi, qarishni oldini oladi, terining rangini tekislaydi va terini yaxshilaydi.

Bambuk suvi koʻp miqdordakremniy tutishi hisobiga teri turgorligining yosh bilan bogʻliq kamayishiga qarshi ta’sir qiladi, kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishini tiklaydi, natijada teri yanada taranglik va elastiklikka ega boʻladi. 

Pantenol terining yangilanishini tezlashtiradi, toʻqimalarning elastikligini saqlaydi va oshiradi, ajinlarni tekislaydi, kuchli himoya va lifting ta’sirini koʻrsatadi.

Aloe ekstraktiajoyib namlaydi, tinchlantiruvchi va shifobaxsh ta’sir koʻrsatadi, shikastlangan hujayralar va toʻqimalarni tiklaydi, terining yosh va sogʻlom boʻlishiga yordam beradi.

Mavrak bargining ekstrakti yarani davolaydi, tonusni oshiradi. Mavrak asosidagi kosmetik vosita ta’sirlangan  va shikastlangan terini muloyimlik bilan namlantiradi va tinchlantiradi. Mavrak terining qarishini sekinlashtiradi, tozalaydi va yogʻli va muammoli terini parvarish qilishda tengsiz hisoblanadi.

Bugʻdoy oqsili kuchli lifting ta’siriga ega, terini silliqlaydi va namlikning optimal darajasini saqlaydi.

0 % parabenlar, mineral moylar

Faol komponentlar: bambuk suvi, glikol kislota, bugʻdoy urugʻi oqsillari, pantenol, ekstraktlar: aloe, mavrak barglari, gamamelis.

Tarkib: BAMBUSA (BAMBOO) WATER (AQUA* (AND) PROPYLENE GLYCOL (AND) BAMBUSA ARUNDINACEA LEAF EXTRACT* (AND) POTASSIUM SORBATE (AND) SODIUM BENZOATE), GLYCOLIC ACID*, GLYCERIN* (AND) AQUA* (AND) HAMAMELIS VIRGINIANA (WITCH HAZEL) LEAF EXTRACT*, SALVIA OFFICINALIS (SAGE) LEAF EXTRACT* (AND) AQUA* (AND) PROPYLENE GLYCOL, PROPYLENE GLYCOL (AND) AQUA* (AND) ALOE BARBADENSIS LEAF EXTRACT*, GLYCERIN*, HYDROLYZED WHEAT PROTEIN*, MENTHYL LACTATE (AND) PPG-26-BUTETH-26 (AND) PEG-40 HYDROGENATED CASTOR OIL*, PHENOXYETHANOL (AND) ETHYLHEXYLGLYCERIN, CARBOMER, XANTHAN GUM*, COCO-GLUCOSIDE*, PANTHENOL, DECETH-7 (AND) PEG-40 HYDROGENATED CASTOR OIL* (AND) PPG-26-BUTETH-26 (AND) AQUA*, AQUA* (AND) SODIUM HYDROXIDE, FRAGRANCE, LINALOOL, HEXYL CINNAMAL, ALPHA-ISOMETHYL IONONE, COUMARIN.

*Kelib chiqishi tabiiy komponentlar.

Quruq, oldindan tozalangan teriga qoʻllang, koʻz atrofidagi sohalar bundan mustasno. 10-15 daqiqadan keyin niqob qoldigʻini iliq suv bilan yuvib tashlang.

Махсулот хақида изохлар Yangilovchi gel-niqob

Сизнинг жойлашувингиз