Сайтнинг эски версияси

Ўтиш
Be loved. Be smart

Oziqlantiruvchi niqob

Barcha turdagi teri uchun

Bambuk suvi asosida tayyorlangan niqob terining chuqur qatlamlariga ham ta’sir koʻrsatadi. Yogʻ kompleksi (shi, paxta, jojoba, bodom, mango urugʻlari) epidermisning barcha qatlamlarini mikroelementlar bilan oziqlantiradi. Gialuron kislotasi terini uzoq vaqt namlantiradi va saqlaydi. Pantenol hujayra regeneratsiyasi jarayonini oqsil tolalarini tiklash orqali ishga tushiradi. Shoʻr suv dunaliellasi - pushti goʻzallik suvoʻti, shuningdek E vitamini - erkin radikallarni bloklaydi, yoshga bogʻliq oʻzgarishlarga qarshi kurashadi.

Har qanday yosh va turdagi teri uchun mos keladi

50 ml

Rossiyada ishlab chiqarilgan

0 % parabenlar, mineral moylar

890

Mahsulot terining chuqur qatlamlariga kirib, oziq moddalar bilan toʻyintiradi, epidermis yuzasida himoya qatlamini hosil qiladi. Terini yumshatadi, mayin qiladi. Mimik ajinlarini tekislaydi va bartaraf qiladi, yangilarining paydo boʻlishining oldini oladi. Teri yorqin va tetik koʻrinadi.

 

Bambuk suvi koʻp miqdordakremniy tutishi hisobiga teri turgorligining yosh bilan bogʻliq kamayishiga qarshi ta’sir qiladi, kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishini tiklaydi, natijada teri yanada taranglik va elastiklikka ega boʻladi.

Shoʻr suv dunaliellasi - pushti goʻzallik suvoʻti Β-karotinning tabiiy manbai - terining qarishini sekinlashtiruvchi kuchli antioksidant.

Gialuron kislotasi epidermisning barcha qatlamlarini namlik bilan ta’minlaydi, ozuqa moddalari va komponentlarining teriga chuqur kirib borishiga yordam beradi, tuzilishini yaxshilaydi, shuningdek yoshga bogʻliq oʻzgarishlarni sekinlashtiradi.

Mango urugʻi moyi mukammal darajada namlantiradi, buning natijasida teri elastik, mayin va yumshoq boʻladi. Moddalar tarkibidagi sovunlanmaydigan fraksiyaning tarkibi regenerativ va tiklovchi ta’sirlarni ta’minaydi: moy yorilgan terini mukammal davolaydi, teri koʻchishini ketkazadi. Kichik chandiq va izlarning yoʻqolishiga yordam beradi, ajinlar paydo boʻlishining oldini oladi.

Shi moyi terini mukammal darajada namlantiradi, tonusni oshiradi, zararli UB nurlaridan himoya qiladi, teri rangini yaxshilaydi va teri qarishining birinchi belgilari bilan kurashadi.

0 % parabenlar, mineral moylar

Faol komponentlar: bambuk suvi, shoʻr suv dunaliellasi - pushti goʻzallik suvoʻti, gialuron kislotasi, moylar: paxta, shi, bodom, jojoba, mango urugʻi, pantenol, E vitamini.

Tarkib: BAMBUSA (BAMBOO) WATER (AQUA* (AND) PROPYLENE GLYCOL (AND) BAMBUSA ARUNDINACEA LEAF EXTRACT* (AND) POTASSIUM SORBATE (AND) SODIUM BENZOATE), GOSSYPIUM HERBACEUM (COTTON) SEED OIL*, SODIUM HYALURONATE, ISONONYL ISONONANOATE, CETEARYL ETHYLHEXANOATE, COCO-CAPRYLATE/CAPRATE, DUNALIELLA SALINA EXTRACT* (AND) AQUA* (AND) PHENOXYETHANOL (AND) SODIUM BENZOATE (AND) POTASSIUM SORBATE, PHYSALIS ANGULATA EXTRACT*, PANTHENOL, OCTYLDODECANOL & OCTYLDODECYL XYLOSIDE & PEG-30 DIPOLYHYDROXYSTEARATE, GLYCERIN*, BUTYROSPERMUM PARKII (SHEA BUTTER) OIL*, PRUNUS AMYGDALUS DULCIS (SWEET ALMOND) OIL*, MANGIFERA INDICA (MANGO) SEED OIL*, SIMMONDSIA CHINENSIS (JOJOBA) SEED OIL*, TOCOPHEROL*, HYDROXYETHYL ACRYLATE/METHOXYETHYL ACRYLATE COPOLYMER (AND) SODIUM ACRYLATE/SODIUM ACRYLOYLDIMETHYL TAURATE COPOLYMER, PHENOXYETHANOL (AND) ETHYLHEXYLGLYCERIN, FRAGRANCE, BENZYL SALICYLATE, LINALOOL.

* — Kelib chiqishi tabiiy komponentlar.

Quruq, oldindan tozalangan teriga qoʻllang, koʻz atrofidagi sohalar bundan mustasno. 15-20 daqiqadan keyin niqobning qoldiqlarini salfetka bilan artib tashlang.

Махсулот хақида изохлар Oziqlantiruvchi niqob

Сизнинг жойлашувингиз